Ayub kitobidagi iboralardan birining notoʻgʻri tarjimasi oʻrta asrlarning joʻshqin tasavvurida old qismi ulkan mushuk, orqa qismi esa hasharot boʻlgan fantastik mavjudot obraziga aylandi. "Uning otasi goʻsht bilan oziqlanadi, onasi esa don yeydi... u goʻsht yeyolmaydi, chunki bu onasining tabiatiga zid, don ham yeyolmaydi, chunki bu otasining tabiatiga zid. Shuning uchun u ozuqa yoʻqligidan halok boʻladi". Qizigʻi shundaki, bunday nomdagi mavjudot haqiqatda mavjud, garchi u ushbu tavsifga mutlaqo oʻxshamasada. Bu qanday mavjudot?