Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda keng tarqalgan bu kichraytirilgan ism odatda biz tomonimizdan erkak kishi ismi sifatida qabul qilinadi. Xususan, konnektikutlik yanki qirol Arturning eng yaxshi ritsarlaridan biri — ser Garetni shu ism bilan erkalab chaqirgan. Yankining ayol kishi varianti bilan atalgan hamyurti esa mashhur roman yozgan. Uning bosh qahramonining kichraytirilgan ismini ayting.