Yozuvchi Mixail Veller quyidagi voqeani tasvirlaydi. Kimdir Salvador Dalining qabuliga taklif qilinadi. Marosim ustasi uni hashamatli qabulxonaga olib kiradi va arman konyaklari, ispan vinolari, mevalar va sigaralar turgan stol qarshisiga o'tqazadi. Oradan roppa-rosa ikki soat o'tgach, zal eshigi shiddat bilan ochiladi va musiqa sadosi ostida, boshi uzra qilich silkitib, supurgi minib mutlaqo yalang'och Dali uchib kiradi. Butun zal bo'ylab chopib o'tib, u qarama-qarshi eshikda g'oyib bo'ladi. Shundan so'ng marosim ustasi uchrashuv yakunlanganini e'lon qiladi va mehmonni chiqishga taklif qiladi. Diqqat, savol! Salvador Dalining mehmoni kim edi?