Oʻrta asrlar Italiyasidagi qush bozori rang-barang va shovqinli edi. Gʻalati bir xaridor qush sotuvchilarning hayratiga sabab boʻldi. U qafasdan qafasga oʻtib, qushlarni uzoq va diqqat bilan kuzatardi. Qafasdagi asirlarga achinish bilan qarardi. Soʻngra savolashmasdan pulini toʻlar, qafasni ochar va qushni ozodlikka qoʻyib yuborib, uning moviy osmon bagʻriga koʻtarilishini kuzatardi. Bu gʻalati odam kim? Uning ismini ayting.
Leonardo da Vinchi — birinchi uchish apparati yaratuvchisi.