Vafot etgan ota Kornelius fon Dornning mol-mulkini farzandlari oʻrtasida taqsimlanishi adolatli boʻldi. Vasiyatnomaga koʻra, xudo yoʻlidagi oʻgʻli Andreasga hech narsa tegmadi, Korneliusga — qimmatbaho budilnik, Ferdinandga — egarlangan ot, Marta va Gretaga — bittadan parqu toʻshak, ikkita yostiq va ikkita koʻylak, Klausga esa qasr, yer va ULAR tegdi. Savol muallifi sizda ULAR yoʻq deb umid qiladi. ULARNI ayting.