Mars jamiyati asoschisi Robert Zubrin bir safar ikki doʻsti bilan taʼtil oʻtkazdi. Doʻstlari bir qadimiy oʻyinning ashaddiy ishqibozlari boʻlib chiqishdi va u zerikishdan oʻlishiga sal qoldi. Natijada oʻsha qadimiy oʻyinga oʻxshash, ammo undagi anʼanaviy ikki rangga uchinchi — qizil rang qoʻshilgan yangi oʻyin paydo boʻldi. Ushbu qadimiy oʻyinni ayting.