Xitoyda "shufa", Yaponiyada "sedo" bor. Topdingizmi? Bu kalligrafiya — xat san'ati. Bu yerda belgi, dog', chiziq orqali obrazning ramziy ma'nosini, hissiy holatni, rassomning kayfiyati va fe'l-atvorini yetkazib berish qobiliyati yuqori baholanadi. Kalligraf, rassom va shoir kabi, "to'rtta qimmatbaho buyum" — asar yaratishning to'rtta bosqichidan foydalangan. Birinchisi — tush (bo'yoq), to'rtinchisi — qog'oz (yoki ipak). Yana ikkita "qimmatbaho buyum"ni ayting.