Men sizga oʻzimning bir mashgʻulotim haqida gapirib beraman. Men bu bilan tez-tez shugʻullanmayman. Vaqti-vaqti bilan. Baʼzan bu yordam beradi, lekin nima uchun yordam berishini ilgari bilmasdim. Bu savolga javobni Harvard universiteti olimlari Geri Shvarts va Richard Devidsonning tadqiqotlaridan oʻqib bildim. Bilasizki, bosh miya oʻng yarim shari poʻstlogʻi obrazli tafakkur bilan band. Chap yarim shar poʻstlogʻi esa soʻz va matematika bilan. Men foydalanadigan usul esa bir vaqtning oʻzida ikkala yarim sharni ham ishga soladi, shuning uchun u samarali. Men vaqti-vaqti bilan nima bilan shugʻullanaman va nima uchun?
Qoʻylarni (fillarni) sanash. Uyquga ketishga yordam berish uchun