Amayak Akopyan "Guvoh" koʻrsatuvida bir qiziqarli voqeani soʻzlab berdi. Bir epizodi cherkov yonida boʻlib oʻtadigan badiiy film suratga olish jarayoniga Akopyanning doʻstlaridan birining chet eldan mehmonga kelgan besh yoshli oʻgʻli Naum taklif qilinadi. Uni oppoq kiyimlarga kiyintirishadi. Dubllar orasidagi tanaffusda bola cherkov yonidagi nola qilayotgan tilanchiga tasalli bera boshlaydi. Qayerdan kelganligi haqidagi savolga mutlaqo rost javob berib, ayolning hushidan ketishiga sabab boʻladi. Bola qayerdan kelganini aniq ayting.