Sovet davrida Yaltadagi Ijod uyida bir guruh yozuvchilar dam olishardi. Aytishlaricha, dam olish boshida hamkasblar bir-birlariga ertalab ishlamaslikka va’da berishgan. Ammo bir necha kundan keyin kimdir bu va’dani muntazam ravishda buza boshlagan. Kun sayin munosabatlar yomonlashib borgan. Lekin hech kim aybini tan olmagan. Shunda surishtiruv o‘tkazishga qaror qilishgan va hamma ayb... Kimda ekanligini aniqlashgan? Hamma ayb kimda edi?