Hurmatli bilimdonlar! Hammamiz "bibliya" — kitob soʻzini bilamiz. Koʻpchiligingiz bibliofillar tomonidan toʻplangan kitoblarni koʻrgansiz va oʻqigansiz. Ammo orangizda birorta odam bibliotafning kitobini oʻqiganman deb maqtana olmasa kerak. Bibliotafni roppa-rosa bir daqiqadan soʻng taʼriflab bering.
"Bibliotaf" soʻzining soʻzma-soʻz tarjimasi — "kitoblar qabri". Boshqa odamlar kirishi taqiqlangan kutubxonaga ega boʻlgan kishini shunday atashadi.