Zimbabve qo'riqxonalarida karkidonlarni brakonyerlardan himoya qilish maqsadida juda o'ziga xos usul o'ylab topilgan bo'lib, u boshqa sharoitlarda hayvonlarga nisbatan shafqatsizdek tuyulishi mumkin edi. Bu qanday usul?
Karkidonlarning shoxlari arralab tashlanadi. Brakonyerlar karkidonlarni faqat shoxlari uchun o'ldirganliklari sababli, shoxsiz karkidon ular uchun qiziqish uyg'otmaydi.