Rayt aka-ukalari havodan ogʻirroq apparatda ilk parvozni amalga oshirganlaridan soʻng, odamlar ulardan samolyot qanday uchishi haqida tez-tez soʻray boshlashdi. Koʻtarish kuchi qanday paydo boʻlishini tushuntirishdan charchaganlarida, ular qisqa va hammabop javob ishlab chiqdilar. Ularning tushuntirishi samolyot uchun unchalik mos kelmasdi, lekin aka-ukalar tasavvur ham qilmagan butunlay boshqa holatga mos keldi. Oʻz javoblari bilan ular amalda Yerning sunʼiy yoʻldoshi parvoz qilish tamoyilini tushuntirib berishdi. Siz ham ularning javobini takrorlang.
Aeroplan shunchalik tez uchadiki, yiqilishga ulgurmaydi