"Yomon oʻylab topgandan koʻra, yaxshilab oʻgʻirlagan maʼqul" degan ibora nisbat beriladigan kompozitor Peter Kroyder bir kuni hamkasblari bilan barda oʻtirgan edi. Bardagi pianinochi Shopenning "Minutka" valsini chalayotgan edi. Kompozitorlardan biri kinoya bilan soʻradi: "Peter, bu ham sening musiqangmi?". Zukkogina Kroyder ikki soʻz bilan javob berdi. Qaysi soʻzlar bilan?