[Otishma] Afsonaga ko‘ra, ULARNI to‘rt ming yil avval Buyuk Yuy, uning oldida qaynoq sho‘rva solingan qozon turganda ixtiro qilgan. ULARNI yangi turmush qurganlarga tez orada o‘g‘il ko‘rish istagi bilan sovg‘a qilish odat tusiga kirgan. Qolaversa, ULARNING nomi — "kuay tszi" — talaffuzi bo‘yicha "tez" degan ma’noni anglatuvchi so‘zga mos keladi. ULARNI o‘zbek tilida ayting.