Bu insonning taqdiri "yahudiylar fitnasi" haqidagi mifning yaralishiga katta hissa qoʻshgan. Familiyasining oʻziyoq ajdodlarining yurtini bildirib tursa-da, bu unga Yevropaning eng qudratli davlatlaridan birida hayratlanarli martabaga erishishiga xalaqit bermadi. Yoshligida u Bayronga taqlid qilgan boʻlsa, bir necha oʻn yillikdan soʻng zamondoshlari uni Gamlet va qirol Lirga qiyoslashgan. Biroq, shaxsiyatidagi barcha romantizmga qaramay, u oʻz davri Yevropasining eng uddaburon siyosatchilaridan biri edi. Bu insonning ismi kim edi?