Sochilma yoki bayxov choyi haqida. "Bayxov" nomi xitoycha "bay-xoa" — "oq kiprikcha" soʻzidan kelib chiqqan. Choyga oʻzgacha nafislik beradigan, yengil gʻuborli, endigina ochilgan kurtak — tipsni shunday sheʼriy nomlashadi. Sochilma choyda tipslar qancha koʻp boʻlsa, choyning qiymati shuncha yuqori boʻladi.