Latifa. Bir kuni ikki kovboy choʻlda ketayotgan edi. Toʻsatdan ular ustida uchta angishvona boʻlgan karton quti oldida oʻtirgan indeysni koʻrib qolishdi. "Hoy yigitlar, — deb baqirdi indeys, — bir dollar yutib olishni xohlaysizlarmi? Toʻpcha qaysi angishvona ostida ekanligini toping". Kovboylar quyosh botguncha oʻynab, bor-budini yutqazishdi. Otlariga minayotganlarida, biri indeysdan soʻradi: "Bu laʼnati choʻl parchasi oʻzi nima deb ataladi?". Indeys bu savolga nima deb javob bergan?