Birinchi roʻyxat: Mariya Antuanetta, Martin Lyuter, Paratsels, Alen Delon, Indira Gandi, Alfred Nobel va boshqalar. Ikkinchi roʻyxat: Klaus, German, Rudolf, Matyas va boshqalar. Uchinchi roʻyxat: oddiy, Karpat, qum va boshqalar. Ushbu barcha guruh vakillarini turli sabablarga koʻra boʻlsa-da, bir soʻz bilan atash mumkin. Ular kimlar?
Birinchi roʻyxat vakillari 23.10-21.11 oraligʻida tugʻilgan (Chayon burji); ikkinchisi — "Scorpions" guruhi: Klaus Mayne, German Rarebell, Rudolf Shenker, Matyas Jabs; va uchinchisi — haqiqiy chayonlar (skorpionlar).