db.chgk.info

Diqqat, nufuzli avtomobillar. Oltmishinchi yillarda limuzinlar urf boʻlgan edi. Katta va qimmat avtomobilga ega boʻlish nufuzli hisoblanardi. Toʻgʻri, bunga hamma ham qodir emasdi. Va shu payt, goʻyoki modadan masxara qilgandek, Folksvagen firmasi oʻzining mashhur «Qoʻngʻiz»ini (Juk) chiqardi. Folksvagen Qoʻngʻiz nafaqat arzonligi tufayli, balki bunday avtomobilda yurish limuzindan kam boʻlmagan nufuzga aylangani sababli barcha savdo rekordlarini yangiladi. Bularning barchasiga bir reklama iborasi sabab boʻldi. Folksvagen reklamachilari koʻp kunlar davomida ustida bosh qotirgan, atigi uchta soʻzdan iborat ushbu iborani bir daqiqa ichida topishingiz kerak.

Manba