Haqiqatan ham shunday quyoshdan himoyalovchi kremlar borki, ularni qo‘llaganda tana qorayadi (zagar), lekin kuyish bo‘lmaydi. Ularning ta’sir qilish fizik mexanizmini tushuntiring.
Kuyishni to‘lqin uzunligi taxminan 3000 angstrem bo‘lgan nurlar keltirib chiqaradi, qorayishni esa 34000 angstrem bo‘lgan nurlar. Gap shundaki: birinchisini to‘sib qolib, ikkinchisini o‘tkazish kerak.