Daniyada haydovchi shahar ichida tezlikni oshirganida unga tanbeh beradigan noyob qurilma ishlab chiqildi. Yoʻl politsiyasi ishtirokidagi dala sinovlari shuni koʻrsatdiki, xotinining ovozi, odatda, haydovchining faqat gʻashini keltirar ekan va u jahl ustida beixtiyor gazni yanada qattiqroq bosishi mumkin. Ammo maʼshuqasi yoki qayligʻining ovozi, qanchalik gʻalati boʻlmasin, kutilayotgan nikoh ittifoqining barbod boʻlishiga olib kelishi mumkin ekan. Ushbu tadqiqot natijalariga koʻra, haydovchilar kimning ovoziga eng tez reaksiya bildiradilar?