Sebastyan va Viola shunday edilar va bu holat ularning boshiga tushdi. Antifol va Antifol shunday edilar va bu holat ularning boshiga tushdi. Eduard va Tom shunday emas edilar, lekin bu holat ularning boshiga tushdi. Aktrisa va professor shunday emas edilar, lekin bu holat ularning boshiga tushdi. Biz esa sizdan shunday boʻlgan, lekin bu holat ularning boshiga tushmagan va printsipial jihatdan tushishi mumkin boʻlmagan ikki kishi haqida soʻramoqchimiz. Ushbu ikki rolni ijro etgan aktyorlarni ayting.
Arnold Shvarsenegger va Denni De Vito. "Egizaklar" filmi qahramonlari egizak edilar, lekin ularni adashtirib yuborishning mutlaqo iloji yoʻq edi.