J. Gudon oʻz davrining faylasuflari, siyosatchilari va rassomlarining ajoyib haykaltaroshlik portretlari galereyasini yaratdi. O. Roden J. Gudonning eng yaxshi portretlari haqida qiziqarli tahlil qoldirgan. Mana u portretlardan biri haqida nima deb yozgan: "Qanday ajoyib narsa! Bu mujassamlashgan masxara. Koʻzlari biroz qisiq, goʻyo raqibini poylayotgandek. Oʻtkir burni tulkini eslatadi; u hamma joydan suiiste'molchilik va masxara qilish uchun sabab izlab, tipirchilaydi. Ogʻzi esa — qanday mukammallik! Ikki tomondan istehzoli ajinlar bilan oʻralgan. Hozir biror sarkazm aytib yuboradigandek". Rodenning bu soʻzlari kimning portretiga bagʻishlangan?