Bu goʻshtni bizga yaxshi tanish boʻlgan soʻz bilan atagimiz keladi. Ammo shoshilmang — mutaxassislarning fikriga koʻra, u unchalik yogʻli emas va taʼmi koʻproq quyon goʻshtiga oʻxshaydi. Boz ustiga, agar bu goʻsht bizning peshtaxtalarda paydo boʻlsa, chalkashlik yuzaga kelishi mumkin, sotuvchilar mijoz aynan nima xohlayotganiga aniqlik kiritishlariga toʻgʻri keladi. Vaholanki, u paydo boʻlishi ham mumkin — Peruda allaqachon yangi zot yetishtirildi, uning vakillari "ajdodlaridan" yirikroq va "mazaliroq". Va ularning goʻshtini eksport qilishni boshlashdi. Gap qaysi hayvonlar haqida ketmoqda?