Rossiyaning "Fokus" nodavlat tashkiloti tomonidan oʻtgan yili yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada "Siz uchun hayotda nima eng muhim?" degan savolga koʻpchilik oʻsmirlar — sevgi, deb javob berishgan. Boshqa muhim qadriyatlar — qiziqarli ish, taʼlim, salomatlik, pul — katta farq bilan keyingi oʻrinlarda kelgan. Ushbu tadqiqot haqida "Rovesnik" jurnalining aprel soni batafsil maʼlumot beradi. Jurnal muxbiri mashhur "Beatles" guruhining qoʻshigʻidan qaysi satrni ushbu nashr uchun sarlavha osti soʻzi sifatida tanlagan?