Gonkongning Aberdin tumanidagi koʻp qavatli turar-joy binolaridan biri fenshuy qonunlari asosida qurilgan. U togʻ va dengiz qirgʻogʻi oʻrtasida joylashgan. Fenshuy taʼlimotiga koʻra, togʻlarda ajdarho ruhlari yashaydi va ular dengizni bemalol koʻrib turishlari kerak. Aks holda, bu ajdarhoni gʻazablantirishi mumkin va togʻdan dengizga oqib tushadigan energiya noqulay boʻladi. Quruvchilar fenshuy qonunini buzmagan holda ushbu koʻp qavatli binoni qanday qurishgan?
Binoning fasadida ajdarho dengizni bemalol koʻrishi uchun katta teshik (oʻyiq) qoldirilgan.