Mashhur nemis biologi, evolyutsion nazariya asoschilaridan biri Ernst Gekkel kunlarning birida bir ruhoniy bilan mehmonda oʻtirgan edi. Ruhoniy tamaki chekmoqchi boʻldi va olim unga yongan gugurt uzatdi. Ruhoniyning qoʻlida gugurt oʻchib qoldi. "Fan nuri soʻndi!" — deb eʼlon qildi ruhoniy. Gekkel unga nima deb javob bergan?
"Cherkov qoʻlida bu birinchi marta sodir boʻlishi emas".