gotquestions.online

Mashhur daniyalik karikaturachi Bidstrupning oʻn ikkita kadrli qiziqarli rasmi bor. Unda qandaydir musobaqaga har tomonlama tayyorgarlik koʻrayotgan atletik qomatli erkak tasvirlangan: mana u yugurish bilan shugʻullanyapti, mana velosipedda, keyin shtanga, eshkak eshish; u qatʼiyat bilan vino va sigaretadan voz kechadi, keyingi kadrda unga massaj qilishadi... Va faqat oʻn ikkinchi kadrda ushbu karikatura qahramoni qaysi sport turi boʻyicha musobaqaga tayyorlanayotgani maʼlum boʻladi. Ushbu sport turini ayting.

Manba