Ikkinchi jahon urushi oldidan amerikalik ixtirochi Elkins koʻp stvolli jangovar moslama — tana shakliga mos egilgan, plash yoki pidjak ostida odamning koʻkragiga tasmalar bilan bogʻlanadigan past boʻyli toʻrtburchak qutini ishlab chiqdi. U qurol egasi maʼlum bir buyruqni itoatkorlik bilan bajargan paytda ishga tushardi. Qaysi buyruqni?