Savolni ispaniyalik Xuan Karlos Girasol bermoqda. Uelsning Llanelli shahrida nisbatan yangi yoqilgʻi bilan yuradigan koʻplab avtomobillar paydo boʻldi. Dizel dvigatelli avtomobil haydovchilari ushbu yoqilgʻi orqali xarajatlarning yarmini tejashmoqda. Shunga qaramay, politsiya maxsus boʻlinmalari, soliqchilar va bojxonachilar "yangi" yoqilgʻida yuradigan mashinalarni oʻziga xos hidi orqali tutib olishmoqda. Buning sababi oddiy — birinchidan, "novatorlarni" katta jarima kutmoqda, ikkinchidan, tejamkor yoqilgʻi tarkibida benzin yoki dizelga qaraganda ancha koʻp suv bor, shuning uchun mashina baklari tezda zanglab ketadi. Bu qanday "yangi" yoqilgʻi?