Uilyam Shekspir, "Yuliy Sezar". Uchinchi parda, birinchi sahna. Brut: "Xushomadsiz qoʻlingdan oʻpaman, Sezar, sendan Publiy Simbrni surgundan qaytarishingni soʻrayman..." Kassiy: "Kechir, Sezar, marhamat qil, Sezar! Kassiy ham Simbrni kechirishingni soʻrab oyoqlaringga yiqiladi". Sezar: "Agar men ham sizdek boʻlganimda, ikkilangan boʻlardim, agar yolvora olganimda, yolvorishlarga quloq solgan boʻlardim. Qarorlarimda men Qutb yulduzi kabi sobitman: osmon gumbazidagi yulduzlar orasida unga teng keladigan barqarori yoʻq..." Agar pyesa voqealari vikinglar davrida boʻlib oʻtganida, undagi xato osongina tuzatilgan boʻlardi. Ammo gap Qadimgi Rim haqida ketayotgan boʻlsa, uni tuzatishning iloji yoʻq. Nima uchun?
Pretsessiya tufayli qadimgi rimliklar va yunonlarda umuman qutb yulduzi, yaʼni harakatsiz shimoliy yulduz boʻlmagan.