Bir kuni savol muallifining tanishi dasturlashdan imtihon olayotgan edi, imtihonni juda yoqimtoy, ammo kompyuterlardan butunlay yiroq bir qiz topshirayotgan edi. Oxiri oʻqituvchi chiday olmay, unga juda oddiy savol berdi: baytda necha bit bor? Va qizga maslahatlashib olishi uchun vaqt berib, chekishga chiqib ketdi. Qaytib kelsa — qiz quvonchdan porlab turibdi va javob beradi: "Sakkiz!". Xudoga shukur, deb oʻylaydi oʻqituvchi va sinovdan oʻtdi deb belgilamoqchi boʻlib turganda, qiz toʻsatdan qoʻshib qoʻyadi: "Har toʻrtinchisida esa — toʻqqiz!". Oʻqituvchi hayratda soʻraydi: "Nega?!" Qiz esa javob beradi: "Chunki har toʻrtinchisi — ..." Qanday?
"Chunki har toʻrtinchisi — kabisa yili!" (visokosniy)