Isroilning klassik kinokomediyasida shunday holat tasvirlangan: bir guruh rezervchi askarlar misrliklarga asir tushgan doʻstini ozod qilishmoqchi boʻlishadi. Shu maqsadda ular oʻzlarini xalqaro tashkilot vakillari qilib koʻrsatishadi. Biroq, bu ularda juda yomon chiqadi. Ular oʻz formalarini gips yordamida oqartirib, jip mashinasini oq rangga boʻyashadi. Shu bilan birga, mashinadagi yozuvda bitta harfda xatoga yoʻl qoʻyishadi. Hosil boʻlgan yozuvni qayta tiklang.