gotquestions.online

Averchenkoning bir kaltafahm qahramoni taxminan quyidagi hikoyani aytib beradi: "Volga boʻylab paroxodda ketyapman. Ertalab palubaga chiqdim. Sohildagi yerga qarab: "Kimning yeri?" deb soʻradim. "Pomeshik Sherbakinniki", deyishdi. Oradan ikki soat oʻtdi. Palubada aylanib yurib, yana sohilga qaradim: "Kimning yeri?". Yoʻlovchilar: "Pomeshik Sherbakinniki", deb javob berishdi. "Bu nima degan gap, — deb oʻyladim. — Koʻrinishidan millioner ekan-u, men u haqda hech narsa eshitmabman". "Boymi?" deb soʻradim. "Yoʻq, — deyishdi, — oʻrtacha". Kechasi ham soʻradim: "Kimning yeri?", ertasi kuni ertalab ham — hamma: "Pomeshik Sherbakinniki", deydi. Mana buni oʻlka desa boʻladi! Ularning "katta pomeshiklari" qanaqa ekan-a! Ertasi kuni tushlikka yaqin boshqa paroxodni koʻrdik va koʻp oʻtmay Sherbakinning yerlari tugadi". Xoʻsh, u boshqa paroxod nima qilgan edi?

Manba