Temirchilik sanʼati va olov xudolari deyarli barcha xalqlarning mifologiyasida mavjud. Masalan, yunon Gefestini, rim Vulkanini, qadimgi german mifologiyasidagi temirchi Vilandni eslaylik. Ularning barchasiga xos umumiy xususiyat bor. Shveysariyalik tarixchi Rayts bu xususiyatning paydo boʻlish sababini qadimgi bronza tarkibida koʻp miqdorda margimush boʻlganligi va metall bilan ishlashda qadimgi temirchilar margimushdan zaharlanganliklarida deb biladi. Xoʻsh, bu qanday umumiy xususiyat?