"Men Fisher bilan o'ynashga tayyorman..." — deydi A. Karpov. Hatto u "Fisher shaxmati"ga tayyorlanmasligini, debyutga esa umuman hojat yo'qligini ta'kidlaydi. Bu grossmeysterning o'ziga bino qo'yganligi emas. Uni Fisherning g'alati qiliqlari ham, uchrashuvda kompyuterga muhim rol berilgani ham hayron qoldirmaydi. Kompyuter grossmeysterlarning hech biriga yordam bermaydi. U nima qiladi?