Bir safar Avraam Linkoln o‘z raqibi senator Duglasni juda achchiq masxara qilib, uni qozonidagi bor bug‘i hushtakka ketadigan paroxodga o‘xshatgan edi. Linkolnning so‘zlariga ko‘ra, Duglas IKKINCHI ISHNI qilayotganda BIRINCHI ISHNI qila olmasdi va aksincha. Biz "BIRINCHI ISHNI QILISH" va "IKKINCHI ISHNI QILISH" so‘zlari bilan nimani almashtirdik?