Jorjone qalamiga mansub, men sizga aytib bermoqchi boʻlgan rasm saqlanib qolmagan, lekin uni tasavvur qilishga harakat qiling. Markazda — orqa tomondan koʻringan yalangʻoch erkak qomati. Bu erkakning yuzi qarshisida — tiniq suv manbayi, chap tomonida yaltiratib artilgan sovutlar, oʻng tomonida esa — koʻzgu turibdi. Jorjone bu rasmni shunchaki doʻstiga rassomlik kasbi u shugʻullanadigan kasbdan aslo qolishmasligini isbotlash uchun shoshilinch ravishda chizgan. Jorjonening doʻstining kasbini ayting.