Bu gulning vatani Eron. Arab ertaklarida u may toʻla qadahga: "Men lablarga tegmasdan mast qilaman!", olovga esa: "Men yonaman, lekin kul boʻlmayman!" deydi. Yevropa mamlakatlaridan birida esa bu gulning piyozchalari uylarga, ot-aravalarga almashtirilgan, lotereyalarda oʻynalgan. U deyarli barcha ranglarda boʻladi, lekin eng noyobi, deyarli afsonaviysi — qorasidir. Bu qanday gul?