Bilasizki, mening birinchi kasbim – rassom-rangtasvirchi. Balki shuning uchundir, talabalik yillarimdan xotiramda juda chiroyli bir hikoya, afsona muhrlanib qolgan. Ba'zilar buni faktlar bilan tasdiqlangan desa, boshqalar shubha qiladi, lekin shunga qaramay. Ma'lumki, Leonardo da Vinchi juda sinchkovlik bilan (zal kula boshlaydi) Nega hayron bo'lyapsiz? Bu jumboq emas. Jumboq hali oldinda. Shunday qilib, Leonardo da Vinchi o'z asarlaridagi qahramonlar uchun naturachilarni juda sinchkovlik bilan qidirgan. Oylab, yillab qidirgan. Shunga qaramay, u o'zining ikki qahramonini aynan bitta naturachidan chizgan. Turli xil qahramonlarni bitta naturachidan. Ularni nomlang va siz g'alaba qozonasiz.