Sietl shahrining koʻplab aholisi uchta eng mashhur firmaning bosh qarorgohi aynan ularda joylashgani bilan faxrlanardi. Birinchisi — Boeing, ammo yaqinda ularning idorasi Chikagoga koʻchib oʻtdi. Ikkinchisi — Microsoft, u hali ham oʻz joyida. Uchinchisi — qayta qurilgan sobiq shifoxona binosida joylashgan, ekspeditorlik xizmati sobiq oʻlikxonada, xodimlar ishga itlari bilan kelish huquqiga ega, firmaning oʻzi esa shu kungacha zarar bilan ishlaydi. Sizdan uning nomi talab qilinmaydi, uning internet-manzilini koʻrsatish kifoya.