Andrey Myagkovning "Ishdagi ishq" filmidagi qahramoni boshida unchalik jozibali koʻrinmasdi: kulrang yoqimsiz yuz, turtib chiqqan moʻylovlar, shubhali xatti-harakatlar. Eldar Ryazanov intervyularidan birida uni izohli lugʻatda yoʻq, lekin boshqa bir sovet filmining salbiy qahramoni nomi boʻlgan soʻz bilan atagan. Bu qaysi soʻz?