Misrshunos Jon Uilkinson Misr firavnlarining qabrlaridan visson (nozik mato) topgan. Rimda ushbu materialdan tayyorlangan kiyimlarni dastlab faqat imperatorlar kiyishgan. Oʻrta yer dengizi aholisi visson iplarini qirgʻoq boʻyidan, ikki pallali mollyuska — pinnalar toʻplangan joylardan yigʻib olishgan. Afsonalardan biriga koʻra, aynan shu mollyuska tufayli BU narsa paydo boʻlgan. BUNI ikki soʻz bilan ayting.