Tropik tozalovchi baliqlar oila boʻlib yashaydi. Oilada bitta erkak va bir nechta urgʻochi boʻlib, erkak ularni doimo azoblaydi. Urgʻochilar esa, oʻz navbatida, bir-birlarini azoblab, odatiy iyerarxiyani hosil qiladi — asosiy urgʻochi, ikkinchi urgʻochi va hokazo. Ammo eng qiziq narsa, agar erkak toʻsatdan oʻlib qolsa boshlanadi. Shundan keyin nima sodir boʻladi?
Asosiy urgʻochida erkaklik organlari oʻsib chiqadi va u erkakka aylanadi (qolganlari esa iyerarxiyada bir pogʻona yuqoriga koʻtariladi).