Suxarev bozoridagi bir antikvar chodiriga bir xonim keladi, uzoq vaqt rasmlarni tomosha qiladi va "I. Repin" deb yozilgan, narxi oʻn rubl boʻlgan rasmda toʻxtaydi. — Mana sizga oʻn rubl. Rasmni olaman. Lekin u haqiqiy boʻlmasa, qaytarib olib kelaman. Men bugun Repin tushlik qiladigan tanishlarimnikiga boraman va unga koʻrsataman. Xonim rasmni tanishlarinikiga olib boradi va I.E. Repinga koʻrsatadi. U kulib yuboradi. Patlam va siyoh soʻrab, rasmning pastiga uchta soʻz yozadi va imzo chekadi: "I. Repin". Bu rasm yana Suxarevkaga tushadi va Repinning avtografi tufayli yuz rublga sotiladi. Xoʻsh, oʻsha uchta soʻz nima edi?