Uzoq vaqt davomida entomologlarga o'rgimchaklarning ba'zi turlarining harakatlari sirli bo'lib tuyulgan. Go'yoki, o'rgimchak to'ri qanchalik sezilarsiz to'qilsa, uning egasi uchun shunchalik yaxshi — hasharotlar ko'proq tushadi. Biroq, tadqiqotchilar to'rning ba'zi joylaridagi g'alati qalinlashuvlarga e'tibor qaratishdi, bular to'rni yaqqol fosh qilib qo'yadi. To'rning qalinlashgan joylari turli shaklda edi: goh xoch, goh doira va chiziqlar ko'rinishida. O'rgimchakka bu "san'at" nima uchun kerak bo'lib qoldi?
O'rgimchaklar shu yo'l bilan qushlarga to'rni vaqtida payqash va unga zarar yetkazmasdan aylanib o'tish imkoniyatini beradi.