Yaqinda Moskvada "Oltin Grammofon" mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Shouning zukko tashkilotchilari gʻoliblarga mukofot topshiruvchi insonlarni juda qiziqarli tarzda tanlashgan. Masalan, Danko oʻzining "Malish" (Chaqaloq) nomli mungli qoʻshigʻini ijro etgach, mukofotni Oila rejalashtirish markazining "Probirkadagi bolalar" boʻlimi mudirasi qoʻlidan oldi. "Qizlar har xil boʻladi" degan xit qoʻshiqni ijro etgan "Otpetiye moshenniki" guruhiga xalq mukofotini transvestitlar shousi ishtirokchilari topshirishdi. Siz esa bir daqiqadan soʻng, mukofotini pochtachi topshirgan qoʻshiq nomini yozing.