Koptlar — Misr xristian-monofizitlari — boshqa deyarli hech qayerda uchramaydigan koʻplab qiziqarli marosimlarni saqlab qolishgan. Masalan, Pasxa oldidan Pok payshanba kuni ruhoniylar Iso Masih oʻsha oqshom qoʻlga olinishidan oldin shogirdlarining oyogʻini yuvganini xotirlab, dindorlarning oyogʻiga hoʻl sochiq bilan xoch chizishadi. Avliyo juma kuni esa koptlar ibodatxonaga maʼlum bir mahsulotni olib kelib, uni duo qildirishadi va oʻsha oqshom xom sabzavotlar bilan birga isteʼmol qilishadi. Gap qaysi mahsulot haqida bormoqda?
Sirka (uksus) haqida — Iso qatl qilinayotgan vaqtda askarlar gubkani sirkaga botirib uning labiga yaqinlashtirganlarini xotirlash uchun.