[Boshlovchiga: jamoalar hammasini tushunib olishlari uchun sekin va maromida oʻqing.] Vankuverdagi olimpiada xokkey turniri finalida Kanada AQSHni magʻlub etdi. Kanadalik Rayan Getslaf shundan soʻng bir necha oy davomida "Anaxaym"dagi sherigi, amerikalik Bobbi Rayanning ustidan kulib yurdi. Getslaf doimiy ravishda Rayanga aynan oʻzi olimpiada chempioni boʻlganini eslatishga harakat qilardi, bu hatto uning buyumlaridan ham koʻrinib turardi. Yakunda Rayan Getslafni IKSga oʻxshatdi. IKS — "Boston Seltiks" basketbol jamoasining tumoridir (talisman). Biz IKS bilan qaysi soʻzni almashtirdik?